Muomaladagi eng ko‘p plastik kartalar qaysi bankka tegishli?

O‘zbekiston 12:57 / 16.01.2021 10509

Markaziy bank O‘zbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari, o‘rnatilgan to‘lov terminallari, bankomat va infokiosklar soni haqida ma'lumot berdi.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatida muomaladagi eng ko‘p bank plastik kartalari «Xalq banki» (6 million 48 ming 236ta) tomonidan mijozlarga berilgan. Keyingi o‘rinlarni «Agrobank» (3 million 93 ming 93ta) va «Milliy bank» (2 million 784 ming 409ta) egallagan. Mos ravishda eng kam plastik karta foydalanuvchilariga ega bo‘lgan banklar «Anor bank» (334) va «Soderot bank» (962) hisoblanadi.

O‘rnatilgan to‘lov terminallari bo‘yicha, «Xalq banki» (56 ming 947ta)  «Agrobank» (46 ming 134ta) va «Ipoteka-bank» (43 ming 715ta) oldingi o‘rinlarni egallagan.

O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha «Kapitalbank» (3 ming 104ta), «Agrobank» (1 ming 865ta) va «Xalq banki» (1 ming 89ta) yetakchiligi ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, 2021 yilning 1 yanvar holatida muomalaga 32ta bank tomonidan umumiy 25 million 775 ming 662ta bank plastik kartasi, 438 ming 410ta to‘lov terminali va 11 ming 800 ta bankomat va infokiosklar foydalanishga topshirilgan.

Avvalroq Markaziy bank tomonidan bankomat va terminallarda bank kartalarini qo‘llashda xavfsizlik choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: