16 yanvar kuni respublika hududiga iliq havo oqimi kirib kelishda davom etadi

O‘zbekiston 08:00 / 16.01.2021 5961

Qayd etilishicha, bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Poytaxtda ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s gacha esadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Kunduzi harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: