East Telecom kompaniyasining ma'lumot markazi, aloqa markazi, SMS shlyuz va videokuzatuv xizmatlari har qanday biznesning ishonchli faoliyati va kelajakdagi rivojini ta'minlaydi.
Hali ham davom etayotgan koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab ko‘plab, jumladan, O‘zbekistondagi kompaniyalar faoliyatiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi. Korxonalar, xususan, kichik va o‘rta biznes korxona va ma'lumotlar xavfsizligi, shuningdek, mijozlarni izlash, ularni yangiliklardan xabardor qilish bo‘yicha bir qator murakkabliklarga duch kelishdi. Ana shu vazifalarni hal qilish uchun telekommunikatsion kompaniyalar qulay xizmatlarni ishlab chiqadi.
East Telecom — O‘zbekiston bozorida 15 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan, shuningdek, biznesning barcha turlari uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etib kelayotgan yetakchi telekommunikatsion operatorlardan biri.
24/7/365 formatidagi ishonchli ma'lumot markazi
East Telecom server va tarmoq qurilmalarini ofisda joylashtirishda vaqt va joyni tejashni taklif etadi. Shuningdek, kompaniya uzluksiz ish faoliyatini ta'minlash, elektr uzilishlari, qisqa tutashuvlar va maxsus ma'lumot markazida qizib ketishlar oldini olish uchun xizmatlarini taklif etadi.
Ishonchlilik. Bozordagi yangi kompaniyalar va kichik ma'lumot markazlaridan farqli ravishda kompaniyaning ko‘p yillik obro‘si sifatli xizmatlar ko‘rsatilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Kun davomidagi monitoring va qo‘llab-quvvatlash ehtimoldagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi.
Texnik jihozlanganlik. Ma'lumot markaz infratuzilmasi jahondagi yetakchi telekom ishlab chiqaruvchisi Juniper Networks qurilmalari asosida barpo etilgan. U maxsus sovitish va dizel generatori bilan ta'minlangan. Shuning uchun qizib ketmaydi va elektr quvvati uzoq vaqt yo‘q bo‘lganida ham doimo onlayn bo‘ladi.
Kompleks yondashuv. Ma'lumot markazi har bir mijoz tomonidan berilgan vazifaga moslashuvchan yondashuvni taklif etadi. Ma'lumot markazining har qanday xizmati uchun internetga ulanish imkoniyati mavjud. Aloqa operatorini alohida izlashga to‘g‘ri kelmaydi: barcha xizmatlar va texnik ko‘makni «yagona darcha» formatida olish mumkin.
Uzluksiz aloqa markazi
Ko‘plab kompaniyalar faoliyati ayrim hollarda mijozlar murojaatlarini ko‘rib chiquvchi koll markazning sifatli faoliyatiga bog‘liq. East Telecom bu borada qimmatbaho qurilmalar, tizimni sozlash, shuningdek, xodimlarni o‘qitish va menejment kabi masalalar uchun mablag‘ni tejashni taklif etadi. Kompaniyada o‘qitish shart bo‘lmagan, turli xorijiy tillarni biluvchi, tajribali operatorlarga ega aloqa markazi faoliyat yuritadi.
Tezkor ulanish. U qadar katta bo‘lmagan loyihalarni uch kun ichida, murakkablarini esa bir haftadan boshlab ishga tushirish mumkin. Malakali mutaxassislar muloqot skriptlarini ishlab chiqishda, operatorlarning kerakli miqdorini tanlashda yordam berishadi.
Qulay tariflar. Tarif siyosati har qanday biznesning ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan. Shuningdek, so‘rov bo‘yicha individual tariflarni yaratish mumkin.
Mahsuldor qurilmalar. Markazning zamonaviy qurilmasi kuniga 10 mingtagacha kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. IVR ovoz menyusiga ulanish, qo‘ng‘iroqlarni yozib olish mumkin.
Xabarlarni ommaviy ravishda yuborish uchun ko‘p profilli SMS markazi
East Telecom xabarlarni qabul qiluvchiga o‘z vaqtida yetkazish uchun tezkor va rejali tarqatish maqsadida SMS shlyuz xizmatini taqdim etadi.
Mahsuldorlik va xavfsizlik. Yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyati soniyasiga 2 mingtagacha xabar yuborish imkonini beradi. Qurilma East Telecom kompaniyasining ishonchli ma'lumot markazida joylashgan. Bu esa xizmatning xavfsizligi va undan foydalanish imkoniyatini kafolatlaydi. Ma'lumotlarni saqlash qurilmasining katta hajmga ega ekani hech bir xabar yo‘qolmasligini kafolatlaydi.
Moslashuvchan integratsiya. Har qanday tizim bilan tezkor integratsiya qilish imkoniyati mavjud: xabarni sayt, mobil ilova yoki CRM orqali oson yuborish mumkin. Modul arxitektura tizimni har bir mijoz uchun sozlash imkonini beradi, avtorizatsiyaning ikki tomonlama tizimini SMS orqali yoqish mumkin va h.k.
Boshqarishning qulayligi. Boshqaruv tizimi mijozlar bazasini yuritish va xabarlarni filtrlash hamda guruhlashni qo‘llagan holda sayt orqali bevosita yuborish imkonini beradi.
Arzon narxlarda to‘liq kuzatuv tizimi
East Telecom videokuzatuv tizimini yaratishdagi barcha murakkabliklarni bartaraf etishda yordam beradi va har qanday obektda uni to‘liq holda ishlab chiqadi.
Tezkor o‘rnatish. East Telecom kompaniyasining tajribali mutaxassislari joriy budjet doirasida kerakli qurilmani tanlab, uni o‘rnatishadi va tizimni to‘liq sozlab berishadi.
Xizmatdan keyingi xizmat va monitoring. Kompaniya xodimlari sutkasiga 24 soat davomida qurilma holatini kuzatadi. Nosozliklar yuzaga kelishi yoki qurilma ishlamay qolgan holatlarda ular o‘sha zahoti javob berib, qurilmani tezkor ravishda almashtiradi. Videokuzatuv tizimi uzilishlarsiz ishlashi uchun muhandislar barcha qurilmalarni profilaktik ravishda monitoring qilishadi.
To‘lovning qulay usullari. Yetkazib beruvchilar bilan bevosita aloqalar sifat kafolatiga ega asl qurilmani xarid qilishni kafolatlaydi. Kompaniya uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilgan, shuning uchun ham to‘lovning qulay shakllarini taklif etadi. Masalan, ma'lum muddatga bo‘lib to‘lashni rasmiylashtirgan holda qurilmani xarid qilish mumkin.
East Telecom kompaniyasi xizmatlari to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: (+998) 78−148−02−70.
Sayt: etc.uz
Facebook: EastTelecom
Instagram: @east_telecom
Reklama huquqi asosida