Suriyada Isroilning aviazarbalari oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi

Jahon 01:01 / 14.01.2021 9146

Suriyada Isroil harbiy aviatsiyasining zarbalari oqibatida 57 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 13 yanvarda Daily Sabah nashri xabar berdi. 

Suriyada inson huquqlariga amal qilinishi ortidan kuzatuvchi markazda ma'lum qilinishicha, isroillik harbiylar Daur-az-Zor shahri va Suriyaning Iroq bilan chegaradosh hududlariga 18ta aviazarba bergan.  

Suriyalik kuzatuvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida 57 kishi, jumladan, Suriya hukumat armiyasining 14 jangchisi va Eronni qo‘llab-quvvatlovchi bo‘linmalarning 27 jangarisi halok bo‘lgan. 

Bu zarba 2021 yil boshidan beri Isroilning Suriya hududiga berayotgan ikkinchi zarbasidir. 7 yanvarda Suriya janubi va poytaxt Damashq yaqinidagi hududlar Isroil zarbasiga uchragandi.

Ko‘proq yangiliklar: