Seoul Mun – poytaxt markazidagi 22000 m² yuqori sifatli tijorat ko‘chmas mulki

O‘zbekiston 09:00 / 14.01.2021 5030

Dream City Development kompaniyasi Bo‘rijar kanali qirg‘og‘ida zamonaviy, qulay tijorat va jamoat makonini bunyod etmoqda.

Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazini loyihalashda Dream City  mutaxassislari ham biznes egalari, ham mehmonlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishni asosiy maqsad qilishgan.

Poytaxtimiz aholisiga kundalik hayotning shovqin-suronida ba'zan sukunat yetishmaydi. Ayniqsa katta shaharda tabiat bilan uyg‘unlashgan maskan yo‘q. Shahar shovqinidan hordiq olish uchun shahar chetiga yo‘l olishga to‘g‘ri keladi.

Har doim va barcha xalqlar orasida suv hayot, rivojlanish, farovonlik ramzi hisoblangan. Shuning uchun yangi Seoul Mun loyihasi uchun poytaxt markazidagi soy bo‘yidagi betakror qirg‘oq tanlandi. Maskanni suvga yaqin joyda joylashganligi qulay mikroiqlimni yaratadi va bu Seoul Mun'ning yana bir afzalligi hisoblanadi.

Seoul Mun – bu keng, ochiq joydagi betakror manzarali 22000 m² maydonga ega yuqori darajadagi tijorat ko‘chmas mulkidir.

Knight Frank konsalting kompaniyasining mustaqil ekspertlari xulosalariga ko‘ra Seoul Mun ko‘chmas mulki istiqbolli sarmoyadir, unga bo‘lgan talab vaqt o‘tgan sayin o‘sib boradi. Loyiha qurilishi davridayoq dastlabki xaridorlar daromad olishadi. Maskandagi bir qancha loyihaviy yechimga ega joylar har qanday turdagi biznes uchun ko‘plab variantlarni taklif qilishimizga imkon beradi.

Zamonaviy yuqori texnologiyali muhandislik yechimlari, o‘ziga xos konsepsiya va keng ko‘lamli hudud, tijorat obektlarining puxta rejalari, piyodalar yo‘laklari, liftlar, eskalatorlar, qirg‘oqning uchta sathi o‘rtasida qulay harakatlanish uchun ko‘priklar, shuningdek ko‘p qavatli avtoturargoh joylari hamda ko‘p sonli jamoat joylari – bularning barchasi Seoul Mun’ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Butik, go‘zallik saloni, oziq-ovqat do‘koni, novvoyxona yoki o‘z restoraningizni ochmoqchimisiz? Seoul Mun loyihasidagi tijorat ko‘chmas mulki – bu poytaxt markazidagi o‘zgacha qirg‘oq bo‘yida joylashgan istiqbolli savdo maydoni.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni seoulmun.uz saytida so‘rov qoldirib yoki +99871-202-22-22 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: