Samsung kompaniyasi Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra smartfonlarini taqdim etdi.
Samsung Galaxy S21 smartfoni 6,2 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlangan. Uning 10 megapikselli old kamerasi ekranning yuqori qismi o‘rtasida joylashgan. Ekran ostidan esa barmoq izlari skaneri o‘rin olgan. Smartfonning orqa tarafida 12 megapikselli ikkita va 64 megapikselli bitta telefotokamera joylashgan. Smartfonda 8K o‘lchamli videoni suratga olish mumkin. Akkumulyator sig‘imi — 4000 mAs.
Galaxy S21+ katta ekran (6,7 dyuym) va sig‘imi kattaroq batareyasi (4800 mAs) bilan ajralib turadi. Har ikki smartfonga 5G-modulli Exynos 2100 protsessori o‘rnatilgan. Smartfonlar suvga chidamli.
Samsung Galaxy Ultra 6,8 dyuymli AMOLED-displey bilan jihozlangan. Unga jami to‘rtta: 108 hamda 12 megapikselli kameralar va ikkita 10 megapikselli telefotokamera o‘rnatilgan. Smartfonning old kamerasi 40 megapikselli. Bundan tashqari, S21 Ultra smartfoni S Pen stilusi bilan ham ishlaydi.
Galaxy S21 narxi 1023, Galaxy S21+ narxi 1228 dollardan boshlanadi. 128 GB xotiraga ega Galaxy S21 Ultra 1500, 512 GB xotiralisi esa 1733 dollarga tushadi.