Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:55 / 14.01.2021 1718

Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan bino tegishli hududi bilan birgalikda “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi ushbu binoga joylashtiriladi.

Shuningdek, quyidagilar:

  • muzey binosini ta'mirlash va hududini obodonlashtirish, muzey ekspozitsiyasini yaratish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan;
  • muzeylarga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlariga ish haqi to‘lash –Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq;
  • muzeyni saqlash xarajatlari – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, muzeyning o‘z daromadlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Ko‘proq yangiliklar: