Rossiyada keyingi haftadan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanadi

Jahon 00:05 / 14.01.2021 4874

“Tangriga shukr, vaksinamiz tashish uchun minus 50, minus 70 daraja sovuq kabi qandaydir g‘ayrioddiy sharoitlarni talab qilmaydi. Bizda hammasi oddiyroq va samarali ishlaydi”, deb aytgan Putin.

Rossiya rahbari emlash munosabati bilan gripp kabi ish jadvali tuzib chiqishni topshirgan. Putinning ta'kidlashicha, amaliyotning ko‘rsatishicha Rossiya vaksinasi dunyodagi eng yaxshi vaksina hisoblanadi va qolgan vaksinalar bunday darajada xavfsizlik va himoyani namoyish qila olmagan. 

Rossiya rahbari koronavirus pandemiyasiga to‘xtalib, “dunyoda, afsuski, hozircha ushbu kasallikni va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishning uddasidan chiqilmayotganini” aytgan. 

Biroq Putinning o‘zi hozircha koronavirusga qarshi emlanishga shoshmayapti. Rossiya prezidenti dekabrdagi katta matbuot anjumanida buni Rossiya vaksinasi o‘shanda hali 60 yoshdan kattalar uchun tayinlanmagani bilan tushuntirgandi. 

Biroq Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinani keksa yoshlilarga qo‘llashga ruxsat berganidan keyin ham 68 yoshli Putinning emlangani yoki yo‘qligi ma'lum qilinmagan. Kremlda jurnalistlarning bu boradagi savollariga Putin emlangudek bo‘lsa, bu haqida o‘zi xabar qilishi aytib kelinmoqda.

Rossiyada oxirgi sutkada 22850 ta yangi kasallanish holati qayd qilingan, 566 kishi virusdan vafot etgan. Umumiy hisobda pandemiya boshidan beri kasallanganlar soni 3,471 mlndan, vafot etganlar soni 63,3 mingdan oshib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: