Qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik modifikatsiyalangan navlari milliy bazasi shakllantiriladi

O‘zbekiston 11:10 / 14.01.2021 1385

Qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikni ta'minlashning usullaridan biri - genetik modifikatsiyalashgan navlardan foydalanish hisoblanadi.

“Lekin respublikaga olib kiriladigan yoki eksportga chiqadigan genetik modifikatsiyalangan urug‘larning inson salomatligiga ta'sirini baholash genetik modifikatsiyalashgan navlarning yagona milliy bazasini yaratishni taqozo etadi. Ushbu qaror bilan qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik-modifikatsiyalangan navlarining milliy bazasini tartibga solish va boshqarish to‘g‘risida tartib ishlab chiqilmoqda”, - deyiladi hujjatda.

Bildirilishicha, loyiha mas'ul ijrochilarning o‘z mablag‘lari, xalqaro grantlar, homiylar va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Qaror loyihasi qabul qilinishi orqali:

birinchidan, qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik-modifikatsiyalangan navlarining milliy bazasini tartibga solish va boshqarish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan holda, elektron hujjatlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va avtomatlashtirilgan axborot tizimini o‘zida aks ettirgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik-modifikatsiyalangan navlari milliy bazasi yaratiladi;

ikkinchidan, zamonaviy biotexnologiya va uning yordami bilan olingan genetik modifikatsiyalangan organizmlar mahsulotlaridan foydalanish, sifatsiz va salomatlik uchun zararli urug‘lar olib kirilishining oldi olinadi hamda ularni qayta ishlash natijalari xavfsizligini ta'minlashga imkon beradi;

uchinchidan, zamonaviy biotexnologik mahsulotlardan foydalanishning potensial tahdidi va tadbirkorlar sifatsiz mahsulot xarid qilishining oldi olinadi.

Hujjat bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: