Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi samolyotning halokatiga uzoq vaqt bekor turgani olib kelgan bo‘lishi mumkinligi aytildi
Mutaxassislar Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-524 samolyoti halokatiga olib kelgan omillardan biri sifatida uning pandemiya sababli ko‘p oy bekor turganini aytishmoqda.

Foto: AP
Ta'kidlanishicha, samolyot pandemiya sharoitida reyslar soni kamayib ketgani sababli 2020 yilning 23 martidan 19 dekabrigacha uchmagan va mutaxassislarning fikricha, unda shu bilan bog‘liq texnik muammolar yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
“Hozirda bunday samolyotlarni foydalanishga qaytarish bilan bog‘liq jiddiy muammo paydo bo‘lmoqda, chunki ular 9-10 oylab bekor turgan. Samolyotlar uchib turishi lozim, yo‘qsa ularning texnik holati yomonlashadi”, deb aytgan aviatsiya xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi konsalting kompaniyasi rahbari Xyu Richi.
Uning ta'kidlashicha, uzoq vaqt bekor turgan samolyotlar barcha tizimlarining 2 haftalik sinchkov texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini talab qiladi. Ekspertning ta'kidlashicha, Boeing 737–524 samolyoti halokatga uchragani va uzoq vaqt bekor turgani haqidagi ma'lumotlardan keyin uning xayoliga kelgan birinchi savol samolyot foydalanishga qaytarilishidan oldin yaxshilab tekshirilgani yoki yo‘qligi haqida bo‘lgan. “Chunki bunda muammolar ba'zida darhol kuzatilmay, balki qandaydir fursatdan keyin yuzaga chiqadi”, deb aytgan Richi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, uzoq vaqt parvozlarsiz qolgan uchuvchilarga ham ishga qaytishdan oldin muayyan tayyorgarlikdan o‘tish zarur.
Hozircha samolyot halokatining aniq sabablari o‘rganilmagan va tergov ishlari davom etmoqda.
Samolyot 9 yanvarda Jakartadan Pontianakka reys bajarayotganda halokatga uchragandi. Uning bortida bo‘lgan barcha 62 kishi halok bo‘lgan. Samolyotning bo‘laklari va qora qutisi Yava dengizida aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

22:49 / 07.07.2025
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

17:55 / 30.06.2025
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin

18:00 / 26.06.2025