Huvaydo turar joy majmuasidan oilangiz uchun muhtasham xonadonlar

O‘zbekiston 12:00 / 14.01.2021 5166

Zamonaviy xonadonni foydali shartlar bilan xarid qilmoqchimisiz? E'tiboringizni zamonaviy Huvaydo turar joy majmuasiga qaratamiz. Endi ta'mirlangan xonadonlarni foydali shartlar hamda chegirmalar bilan xarid qilishingiz mumkin. Har bir xaridorga yer osti avtoturargohidan joy SOVG‘A qilinadi.

Huvaydo turar joy majmuasining umumiy maydoni 20634 m²  ni tashkil etib, unda 6 ta zamonaviy uy bunyod etilgan. Keng va ko‘kalamzor hovlida esa bolalar va sport maydonchasi, 173 ta avtomobilga mo‘ljallangan yer osti va yer usti avtoturargohi, favvora, sayr yo‘laklari mavjud. Majmuada uzluksiz videokuzatuv olib boriladi hamda qo‘riqlash xizmati faoliyat yuritadi. Majmuadagi uylar va ularning barcha hujjatlari tayyor.

Xaridorlarga sifatli, tayyor ta'mirlangan 133 m² maydonga ega katta xonadonlar taklif etiladi. Keng xonalar, yorug‘ yo‘laklar, shuningdek santexnika bilan jihozlangan tayyor yuvinish xonasi. Panorama oynalar esa xonadonga tabiiy yorug‘lik tushishini ta'minlaydi. Shinam xonadonlar har qanday oila uchun mo‘ljallangan. Majmuadagi ko‘plab xonadonlar allaqachon o‘z egasini topgan. Faqat sanoqli xonadonlargina qoldi.

Huvaydo turar joy majmuasi poytaxtning fayzli mahallalaridan birida bunyod etilgan. Uning yaqinida zamonaviy maktab, bolalar bog‘chasi, ikkita masjid, oziq–ovqat va kiyim do‘konlari, qahvaxona, restoranlar hamda turli xizmat ko‘rsatish maskanlari joylashgan. «Beruniy» metro bekatigacha piyoda 10 daqiqalik yo‘l.

Sizni keng va shinam ta'mirlangan xonadonlar hamda to‘lovning foydali shartlari kutmoqda. Imkoniyatni boy bermang! Xonadon egasi bo‘lishga shoshiling!

Batafsil: +99895 194-00-40

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, al-Xorazmiy ko‘chasi, 60-65 uylar.

Telegram: t.me/huvaydoresidence

Facebook: fb.com/huvaydoresidence

Instagram: @huvaydo_residence

Sayt: huvaydo-residence.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: