To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytiriladimi?

O‘zbekiston 10:00 / 13.01.2021 16669

Unda dastlab “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun ma'muriy jazolar yengillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

– Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida fuqarolar, jamoatchilik vakillari, avtoulov haydovchilari bilan muloqot o‘tkazildi, – deydi fraksiya a'zosi F.Samadov. – O‘rganishlar davomida sohada yechimini kutayotgan bir qator masalalar borligi ma'lum bo‘ldi. Xususan, kodeksdagi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarima miqdorining eng kam va eng ko‘p miqdorini belgilash davomida, ya'ni huquqbuzarlikni tasniflashda amaliyotda korrupsion holatlar kelib chiqishiga imkon yaratuvchi mavhum normalar aniqlandi.

O‘tkazilgan tahlillar natijasida hamda keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarida, haydovchilar tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi, aksariyat hollarda avtotransport egasi o‘z boshqaruvidagi transport vositasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan joylarda transport vositalarining vaqtincha to‘xtashi uchun shart-sharoitlar yaratilmaganidan va bunday joylarda taqiqlovchi belgilar mavjudligidan sodir etilayotgani ayon bo‘ldi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, kodeksning 54, 123, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan “eng kam” va “eng ko‘p” miqdorda belgilangan jarimalarning eng kam darajasi saqlanib, eng ko‘p darajasi chiqarib tashlanyapti.

Shuningdek, kodeksning 128-6-moddada belgilangan Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori kamaytirilib, takroran sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima qo‘llash normalari chiqarilmoqda.

Deputatlar ushbu hujjatning qabul qilinishi kelgusida yo‘l-transport sohasidagi qoidabuzarlik uchun jarimalar belgilashda korrupsion holatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishini aytib, qonun loyihasini ma'qulladi.

Ko‘proq yangiliklar: