Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali tashkil etiladi

Foto: spbu.ru
“Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, filial ta'lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi. Bu yerda o‘qish hozircha kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta'lim shaklida, ta'lim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda olib boriladi.
Ushbu OTM bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan, universitetning belgilangan namunasidagi diplomi beriladi.
Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat granti asosida ta'lim olgan filial bitiruvchilari uch yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekiston davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi.
Qarorga asosan filialda bakalavriat va magistratura bosqichlarida filologiya, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.
Filialga Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahar Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan bino ajratiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

14:11 / 04.07.2025
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

14:13 / 02.07.2025
Endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

11:20 / 21.06.2025
AQShda universitetlarga tadqiqot uchun to‘lovlar kamaytirilishi bloklandi

10:55 / 20.06.2025