Toshkent markazida boshqaruvni yo‘qotgan «Malibu» to‘xtab turgan 2ta «Lasetti»ga urilib, ag‘darilib ketdi

O‘zbekiston 12:59 / 13.01.2021 18862

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi "Lasetti" va haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvidagi yana bir "Lasetti" rusumli transport vositalariga urilgan. "Malibu" avtomobili ag‘darilib ketgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: