Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

O‘zbekiston 16:00 / 13.01.2021 86778

2020 yilda Rossiya Federatsiyasining «PIK Industriya» AJ va «Texstroy» MChJ qurilish korxonalari vakillari mamlakatimizning Namangan va Samarqand viloyatlarida bo‘lib, fuqarolar o‘rtasida tanlov o‘tkazdi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan 432 nafar fuqarolar 28-30 dekabr kunlari mazkur davlatga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘natildi.

Joriy yilning 15-31 yanvar kunlari «PIK Industriya» va «Texstroy» qurilish korxonalari vakillari Rossiya Federatsiyasida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Suhbatda birinchi navbatda 2020 yil 10-27 noyabr kunlari dastlabki saralashdan o‘tgan fuqarolarning ishtirok etishi so‘raladi.

Shuningdek, avval mazkur korxonalar tomonidan tashkil etilgan tanlovlarda ishtirok etmagan fuqarolarning ham tanlovda qatnashishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan mazkur tanlovlarda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlarini so‘raymiz.

Bo‘sh ish o‘rinlari:

- Montajchi (montajnik-santexnik), 
- Elektr payvandchi (elektrosvarshchik), 
- Elektr montajchi (elektromontajnik), 
- G‘isht terish (kamenshchik),  
- Armatura (armaturshchik), 
- Qoliplash (formovshchik), 
- Beton plitalarni joylash (stropalshchik), 
- Ichki pardozlash (otdelochnik).

Tanlov o‘tkaziladigan hududlar:

15-19 yanvar kunlari - Farg‘ona shahri, Sohibqiron Temur ko‘chasi 245-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari aholisi uchun).

20-23 yanvar kunlari - Urganch shahri, Yoshlik ko‘chasi 24-uy. Urganch xizmat ko‘rsatish va servis texnikumi binosi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun).

25-31 yanvar kunlari - Samarqand shahri, Spitamen shohko‘chasi 270-uy. Samarqand transport kolleji binosi (Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri aholisi uchun). 

Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – (61) 222-53-32, (61) 222-53-34;
Andijon viloyati – (95) 202-33-55;
Buxoro viloyati – (99) 708-49-98;
Jizzax viloyati – (72) 226-91-97, (72) 226-91-87;
Qashqadaryo viloyati – (75) 224-05-25, (99) 130-07-34, (97) 770-04-92;
Navoiy viloyati – (79) 224-11-60;
Namangan viloyati – (69) 227-94-64, (69) 227-97-27;
Samarqand viloyati – (66) 233-24-00, (66) 233-53-00;
Sirdaryo viloyati – (67) 225-55-59;
Surxondaryo viloyati – (76) 222-45-22;
Toshkent viloyati – (55) 900-33-10;
Farg‘ona viloyati – (73) 244-56-69;
Xorazm viloyati – (62) 224-12-35;
Toshkent shahri – (71) 202-33-55 (ichki raqam 39).

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: