O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada 14ta medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston 22:04 / 13.01.2021 3125

8-12 yanvar kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida masofaviy tarzda matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 17-Xalqaro Jautikov olimpiadasi tashkil etildi.

Unda o‘zbekistonlik 14 nafar o‘quvchi ishtirok etib, olimpiada yakuniga ko‘ra 1ta oltin, 2ta kumush hamda 11ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Joriy yilgi Xalqaro Jautikov olimpiadasida 21ta davlatdan 146ta jamoa, jami 1006 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinab ko‘rdi. Olimpiadada O‘zbekistonning turli hududlaridan 10ta jamoa ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro olimpiada 2005 yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi. Unda turli davlatlardan uch nafar matematika, ikki nafardan fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchilar jamoalari qatnashadilar.

O‘tgan yili O‘zbekiston jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: