O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida imtihonlar noan'anaviy tashkil qilindi

O‘zbekiston 14:16 / 13.01.2021 3335

O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida imtihonlarda shaffoflikni ta'minlash maqsadida talabalarni baholash uchun boshqa OTM lardan professor- o‘qituvchilar jalb etildi va barcha ijtimoiy hamda gumanitar fanlardan o‘tkaziladigan oraliq imtihonlar taklif etilgan professor - o‘qituvchilar, kafedra mudiri hamda rektor tomonidan nazorat qilinadi. Mazkur yo‘nalishlardan ta'lim bergan o‘qituvchilar imtihon jarayonida ishtirok etishmaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad - imtihonlarning shaffof tarzda o‘tishi va har bir talaba o‘z bilimiga yarasha baholanishi natijasida ta'lim sifatini yaxshilash. Bundan tashqari imtihonlarni istagan inson onlayn translatsiya orqali ham http://konservatoriya.uz sayti orqali kuzatishi mumkin. Konservatoriyada imtihonlar jarayoni 12 yanvardan 25 yanvarga qadar shu tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: