Moliya vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

O‘zbekiston 17:40 / 13.01.2021 14328

Qayd etilishicha, Bahrom Yusupov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

B. Yusupov 1976 yil Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yaponiyadagi Siyosiy fanlar milliy instituti va AQShdagi Oklaxoma universitetlarini tamomlagan.

U bugungacha O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Korporativ boshqaruv xizmati boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi. 

Bahrom Yusupov 2012-2016 yillar davomida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: