O‘zbekiston | 09:02 / 13.01.2021
2101
1 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirligi tizimida muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirishga mas'ul shaxs tayinlandi

Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i bilan vazirlikning Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida Elyor Jalilov ish boshladi.

E.Jalilov 1982 yil Namangan viloyatida tavallud topgan. 2008 yil Namangan davlat universitetini tamomlagan. 

U Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig‘i, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi bosh rejissyori, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Madaniyat va san'at tashkilotlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid