Kattaqo‘rg‘onda uch nafar farzandi vafot etgan oila is gazidan zaharlangani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 13:30 / 13.01.2021 15658

Kecha Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida bir oilaning besh nafar a'zosi kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan zaharlanish oqibatida jabrlangani va oilaning uch nafar farzandi vafot etgani haqida xabar bergan edik. Bugun Samarqand viloyat prokuraturasi hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 12 yanvar kuni  soat 10:00 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan D.J., uning turmush o‘rtog‘i 1991 yilda tug‘ilgan S.O., ularning voyaga yetmagan farzandlari 2012 yilda tug‘ilgan S.P., 2016 yilda tug‘ilgan M.P. va 2019 yilda tug‘ilgan Sh.P.lar yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanish alomatlari bilan yaqin qarindoshlari tomonidan topilgan.

Voyaga yetmagan S.P., M.P. va Sh.P.lar hodisa joyida vafot etgan va sud tibbiyot ekspertizasining birlamchi ma'lumotida, ularning o‘limi is gazidan zaharlanish natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, is gazidan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan oila boshliqlari D.J. va S.O.ga hozirda zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: