Havo kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
2021 yil 13 yanvar kuni Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga, xususan, Havo kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi haqida fikr-mulohazalar tinglandi.
Transport vaziri vazifasini bajaruvchi Ilhom Mahkamov ta'kidlashicha, qonun loyihasining asosiy maqsadi Transport vazirligi va ushbu vazirlik huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi vakolatlarini aniq belgilash, eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibini o‘rnatish bo‘yicha vakolatli organni aniqlash, shuningdek, tegishli farmonlar ijrosini ta'minlashga qaratilgan.
Mazkur loyiha eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibini o‘rnatish bo‘yicha vakolatli organni nazarda tutadi, shoshilinch tibbiy yordam, qutqaruv operatsiyalari, vazirliklar va idoralarning aviatsiya potensialidan huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik manfaatlarida foydalanish, quruqlikdagi transport harakatini monitoring qilish, turizm sohasi va biznes ehtiyojlarini qondirish uchun aholi punktlari ustidan parvozlarni amalga oshirish imkoniyatini qonuniy ravishda belgilaydi.
Deputatlar fuqaro aviatsiyasi sohasida loyihaning ahamiyati haqida fikr bildirishdi va qonun loyihasi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi
Jahon | 08:43
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025