Energetika vazirligi: Afg‘onistonga beriladigan elektr energiyasi - import qilingan mahsulotning bir qismi

O‘zbekiston 16:05 / 13.01.2021 10381

Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning ma'lum qilishicha, mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligini ta'minlash maqsadida, qo‘shni davlatlar energotizimlaridan ham qo‘shimcha import qilinib, Afg‘onistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afg‘oniston energotizimi bilan faqatgina O‘zbekiston orqali bog‘langan, ya'ni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina O‘zbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.

Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim hollarda noto‘g‘ri raqamlar va faktlarga asoslangan bo‘lib, haqiqiy holatni aks ettirmayapti, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: