Endi ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

O‘zbekiston 10:16 / 13.01.2021 8305

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar endilikda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi.

Endilikda fuqarolar o‘z hisobidan ma'muriy bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, shuningdek sud majlisining audio- yoki videoyozuvini olishga haqli.

Ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror ustidan ma'muriy bayonnomani tuzgan organ tomonidan ham shikoyat berilishi mumkin.

Ma'muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.

Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lishi belgilandi. 

Kassatsiya instansiyasi sudi ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni Oliy sud raisi, bosh prokuror yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: