AQShda 70 yil ichida ilk bor federal darajada ayol kishi qatl etildi

Jahon 20:47 / 13.01.2021 17332

Ayol mahbusni qatl etish haqidagi qarorni AQSh oliy sudi qabul qilgan. Uning ijrosi o‘limga olib keluvchi inʼeksiyani kiritish bilan amalga oshirilgan.

Montgomeri 2004 yilda 23 yoshli homilador Bobbi Jo Stinnetni bo‘g‘ib o‘ldirgani uchun sudlangan bo‘lgan. Qotillik qurboni homiladorlikning 8-oyida bo‘lgan. Montgomeri ayolni o‘ldirgach, uning homilasini chiqarib olib, o‘ziniki qilib ko‘rsatishga uringan. 

Qotil va qurbon internet orqali tanishishgan. Stinnetni it ko‘paytirish bilan shug‘ullangan, uning qotilini esa yosh ayol o‘z suratlarida homilador bo‘lgani jalb qilgan. Montgomeri kuchuk bolasi sotib olish bahonasida o‘z qurboni bilan uchrashishga kelishib, uning Missuridagi uyiga kelgan. 

Tergovning fikricha, Montgomeri o‘z qurboniga hujum qilishga puxta tayyorgarlik ko‘rgan va homilani kesarcha tug‘dirish bo‘yicha ma'lumotlarni o‘rganib chiqqan. Stinnetni onasi o‘lik holda topgan. 

Politsiya sanoqli soatlarda qotillikni fosh qilgan. Izquvarlar qotilni uning kompyuteri IP-adresi orqali aniqlashgan. 

2007 yil oktyabrda Missuri sudi Montgomerini aybdor deb topib, o‘lim jazosiga mahkum qilgan.

Montgomerining himoyachisi uning qatl etilishini noqonuniy va xato deb atagan. Uning ta'kidlashicha, sudlanuvchi ruhiy nosog‘lom bo‘lgan. Shu asosda advokat prezident Donald Trampga Montgomerining afv etilishi iltimosi bilan murojaat qilgan. Biroq ayblov qotillik oldindan rejalashtirilganini ta'kidlagan.    

Montgomerining qatl etilishi 2021 yilda AQShda federal darajada amalga oshirilgan birinchi qatl bo‘ldi. Yana bir e'tiborli jihati, Montgomeri 1972 yilda AQShda jinoyat kodeksi isloh qilingandan keyin qatl etilgan uchinchi ayol bo‘ldi. 

AQShda federal darajada o‘lim jazosini qaytarish qarori 2019 yil yozida qabul qilingan. Shu bilan birga shtatlarga o‘z hududlarida o‘lim jazosini qoldirish yoki uni bekor qilish bo‘yicha qaror chiqarish ularning o‘z hukmiga qoldirilgan. 

AQShda 2020 yil 13 iyulda 17 yillik norasmiy taqiqlovdan keyin federal turmada ilk o‘lim jazosi ijro etilgandi. O‘shanda 3 kishilik oilani o‘ldirgani uchun sudlangan 47 yoshli Deniel Lyuis Li qatl etilgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: