Yaponiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Jahon 01:19 / 12.01.2021 8506

Yaponiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatda koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlanganini ma'lum qildi. Biroq mutatsiya virusni hali tajovuzkorroq ko‘rinishga keltirmagan.   

JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesusning ta'kidlashicha, dam olish kunlari Yaponiya JSSTni virusning yangi shaklidan xabardor qilgan.  

“Virus qanchalik keng tarqalsa, uning yangi shakllari paydo bo‘lishi ehtimoli shunchalik yuqori. Bu kasallanishlar va shifoxonaga yotqizishlar soni ortishiga olib keladi. Bu esa shundoq ham zo‘riqib ishlayotgan shifoxonalarning ishini yanada qiyinlashtiradi. Ayni vaqtda yangi mutatsiya virusning tajovuzkorroq bo‘lishiga olib kelmagan”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreyyesus.

Avvalroq Yaponiyaning sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi Braziliyadan kelgan 4 kishining koronavirusning yangi shtammi bilan kasallanganini ma'lum qilgan. Mutaxassislar ushbu shtammning avvalroq Britaniya va JARda aniqlangan shtammlarga o‘xshab yuqumliligi darajasi yuqori ekanligini qayd qilib o‘tishgan.

Ko‘proq yangiliklar: