Yangiyo‘lda ham ichimlik suvi quvurida nosozliklar sodir bo‘ldi. Qator hududlar ichimlik suvisiz qoldi

O‘zbekiston 11:44 / 12.01.2021 3819

Yangiyo‘l shahar hududidan o‘tuvchi ichimlik suvi quvurida nosozliklar yuzaga keldi. Bu haqda «Toshkent suv ta'minoti» MChJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 2021 yil 12 yanvar kuni soat 06:00dan 20:00ga qadar «Gulbahor» hamda «Niyozbosh» suv inshootlarida nasos agregati to‘xtatiladi.

Yangiyo‘l shahar Farovon, Fayzli, Oltinobod, Turkiston, Mustaqillik, Mevazor, Ramadon, Sabo, Navro‘z, Ishchilar shaharchasi, Olmos, Mezon, Yangibog‘, Baxt MFYlari hududlarida ichimlik suvi bosimi pastligi va uzilishlar, Yangiyo‘l tumani Farovon, Guliston, Namuna, Binokor, Gulbog‘, Madaniyat, Paxta, Niyozbosh, O‘zbekiston, Qirsadoq MFYlari hududlarida ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar yuzaga keladi.

Ushbu nosozliklar Yangiyo‘l shahar bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan bartaraf etilganidan so‘ng ichimlik suvi ta'minoti bir me'yorda uzatiladi, deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Andijonda katta suv quvuri yorilib ketgani, aholidan ichimlik suvi zaxirasini g‘amlab qo‘yish so‘ralgani xabar berilgandi.

Shundan so‘ng, Namangandagi suv uzatish inshootida ham nosozlik sodir bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: