Ta'lim sifati past maktabda dars berish uchun boshqa hududdan jalb qilingan o‘qituvchiga maxsus ustama to‘lanadi 

O‘zbekiston 11:56 / 12.01.2021 8309

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan ta'lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi

Bunda:

  • bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.

Ta'lim sifati past maktablar ro‘yxati Xalq ta'limi vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va joriy yilda 15 fevralgacha, kelgusi yillarda esa har yili 1 sentyabrga qadar Xalq ta'limi vazirligi veb-saytida e'lon qilinadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta'lim sifati past maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan ma'lumotlar har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning beshinchi kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari veb-saytlarida joylashtirib boriladi.

Ko‘proq yangiliklar: