Soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olish tartibida o‘zgarishlar yuz beradi

O‘zbekiston 09:46 / 12.01.2021 3870

Norma’ning yozishicha, hujjat bilan:

  • soliq to‘lovchilarini qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalarini hamda alohida bo‘linmalarini soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • birja savdolarida qatnashuvchi norezident bo‘lgan yuridik shaxslarni hamda elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslarini soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • soliq to‘lovchilarni soliq organlarida soliq solish obekti bo‘yicha hisobga qo‘yish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan soliq to‘lovchi – yuridik shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston rezidentlari – yuridik va jismoniy shaxslarning doimiy joylashgan joyi (rezidentlik) faktini rasmiy tasdiqlab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash taklif qilinmoqda.

Soliq to‘lovchilarni qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish QQS to‘lovchilarning yagona avtomatlashtirilgan tizimida hisobga olish orqali amalga oshiriladi.
 
Quyidagi soliq to‘lovchilar QQS to‘lovchilarning yagona avtomatlashtirilgan tizimida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

  • tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi Soliq kodeksida belgilangan soliq davrida 1 mlrd so‘mdan oshgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • O‘zbekiston hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari;
  • faoliyatni O‘zbekistonda doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
  • oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs — oddiy shirkatning ishtirokchisi;
  • O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi (import) yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va (yoki) foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
  • yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, basharti ularda 50 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa yoki paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar;
  • benzin, dizel yonilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
  • lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
  • bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslar, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
  • markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obektlarni (joriy va kapital ta'mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslar.

Quyidagilar QQS to‘lovchilarning yagona avtomatlashtirilgan tizimida ixtiyoriy tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:

  • yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslar;
  • majburiy tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan yuridik shaxslar;
  • soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, biroq 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: