Maskning boyligi bir kunda 14 mlrd dollarga kamaydi. Bezos yana dunyoning eng badavlat odamiga aylandi

Jahon 14:47 / 12.01.2021 7538

 Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, Amerika birjalaridagi savdolar yakunida Ilon Maskning boyligi 175,7 mlrd dollar deb baholandi. Dushanba kuni uning boyligi 14 mlrd dollarga yoki 7,4 foizga kamaydi.

 Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezosning boyligi esa 181,9 mlrd dollar deb baholandi. Uning boyligi miqdori bir kun ichida 3,8 mlrd dollarga yoki 2,06 foizga kamaydi.

 Ilon Mask 8 yanvar kuni Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng badavlat insoniga aylangandi. O‘shanda uning boyligi 9 mlrd dollarga ko‘payib, 186,5 mlrd dollarni tashkil etgandi. Bezos 185,1 mlrd dollar boyligi bilan ikkinchi o‘ringa tushgandi.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Maskning boyligi o‘tgan yilning 12 oyi davomida taxminan 100 mlrd dollarga ko‘paygan. Ta'kidlanishicha, dunyoning eng boy 500 kishisi orasida hech kim bunday davr ichida o‘z boyligini bunchalik ko‘paytira olmagan.

Avvalroq Mask Marsda shahar qurish uchun barcha mol-mulkini sotishga qaror qilganini aytgandi. Tadbirkor unda kompaniyalar aksiyalaridan boshqa hech qanday qimmatbaho mulk qolmasligini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: