Jahon banki shaffof bozor iqtisodiyotiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasi “Jahon banki ishtirokida "O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat bilan quyidagilar ma'lumot uchun qabul qilindi:
2020 yil 16 dekabrda "O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash" loyihasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston hamda Jahon banki o‘rtasida budjetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarz bitimi va moliyaviy bitim imzolangan. Ular quyidagi qarzni jalb qilishni nazarda tutadi:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 10,5 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan 250 mln dollar;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 30 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davri bilan:
- 165 mln dollar miqdoridagi (imtiyozli qarz);
- 85 mln dollar miqdorida (imtiyozsiz qarz).
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlar O‘zbekiston budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Qaror bilan Loyihani amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz, xizmat ko‘rsatganlik va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

14:58 / 20.02.2025
Jahon banki 2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishda davom etishini prognoz qilmoqda

17:16 / 28.01.2025
Jahon banki «Qambarota-1» GESi uchun hozircha 18,6 mln dollar ajratdi

09:28 / 23.01.2025