AQSh Germaniya va Fransiya mahsulotlariga yangi bojlar kiritdi

Jahon 19:18 / 12.01.2021 4719

AQSh Germaniya va Fransiyadan keltiriladigan aviasanoat butlovchi qismlari va sharob mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etdi. AQSh chegara-bojxona xizmatining ma'lum qilishicha, bojlar 12 yanvardan kuchga kiradi.

Endilikda AQShga bu mamlakatlardan import qilingan aviatsiya butlovchi qismlari uchun yig‘imlar 15 foizga oshadi. Sharobning ayrim navlari uchun bojlar miqdori 25 foizgacha ko‘tariladi.

Vashington Airbus Yevropada subsidiya olayotgani sababli bozorda AQShning Boeing aviakonserniga nisbatan sezilarli ustunlikka ega bo‘lmoqda deb hisoblamoqda. Shu bois ularning mahsulotlariga nisbatan bojlar joriy etildi.

Yevropadagilar bu masala AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden bilan muhokama qilinishini aytishdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: