Andijonda «Kobalt» va «Damas» to‘qnashdi, haydovchilardan biri shifoxonada vafot etdi

O‘zbekiston 10:55 / 12.01.2021 7099

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi "Kobalt" rusumli hamda haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi, Asaka tumani Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga tegishli bo‘lgan "Damas" rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, "Damas" rusumli avtomobil haydovchisi, 41 yoshli Sh.X. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan U.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

YTH yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: