1,5 mingdan ortiq mehnat migrantlari tadbirkorlikka o‘qitiladi

O‘zbekiston 17:12 / 12.01.2021 2917

Joriy yil yana 1,5 mingdan ortiq mehnat migrantlarini tadbirkorlikka o‘qitish rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yig‘ma tahlil boshqarmasi boshlig‘i Azim Ahmadovning bildirishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti va «World Skills Russia» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama memorandum imzolandi.

Unga asosan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Tomsk va Chelyabinsk shaharlarida o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 271 nafar, O‘zbekistonda Rossiyada ishlash istagidagi 728 nafar fuqaro rus tili va kasbga o‘qitildi.

Xorijda ishlab O‘zbekistonga qaytib kelgan 185 nafar mehnat migranti tadbirkorlikka o‘qitildi. Joriy yil yana 1,5 mingdan ortiq mehnat migrantini tadbirkorlikka o‘qitish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: