1 yanvardan olis hududdagi ishga jalb qilingan oliy ma'lumotli mutaxassisga 11 mln so‘m, shifokorga 30 mln so‘m beriladi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (11 million 150 ming so‘m) bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (446 ming so‘m) miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilandi.
Prezidentning 2020 yil 12 noyabrda “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilingan edi.
Unda tibbiy oliy ta'lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari uchun ushbu tartib amal qiladi.
Ushbu chora tadbirlar olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy ma'lumotli mutaxassislar mehnatini yanada rag‘batlantirish, bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish hamda joylarda malakali kadrlarning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, O‘zbekistondagi olis va chekka hududlarga qaysilar kiradi?
Yuqorida qayd etilgan qaror ilovasida hududlar olis va chekka hududlar deb e'tirof etiladi. Ilovada mamlakatdagi 242ta qishloq, mahalla va ovullar sanab o‘tilgan.
Shuningdek, qarorga binoan qayd etilgan hududlarda ishga qabul qilingan malakali mutaxassislarga beriladigan bir martalik boshlang‘ich yordam puli hamda har oylik kompensatsiyasi soliq to‘lovchining jami daromadiga kiritilmaydi hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obekti hisoblanmaydi.
Mazkur qarorda nazarda tutilgan boshlang‘ich yordam puli va har oylik pul kompensatsiyasi hamda uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha imtiyozlardan oliy ta'lim muassasasining bakalavriati yoki magistraturasini (ta'lim shaklidan qat'i nazar – kunduzgi, sirtqi, kechki, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik) tamomlaganidan keyin uch yil mobaynida olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlari, shu jumladan tibbiyot muassasalariga ishga kirgan bitiruvchilar foydalanish huquqiga egadir, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lumotida.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasida "Qishloq shifokori" dasturi doirasida olis hududlarda ish boshlaydigan mingdan ortiq vrachlarga 30 million so‘mdan yordam puli berilishini hamda ular xizmat uylari bilan ta'minlanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga doir:
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Husiylar bilan zarbalar almashgan Isroil, “America Party” tuzmoqchi bo‘lgan Mask va milliardlab zarar ko‘rayotgan Rossiya aeroportlari – kun dayjesti
Jahon | 14:25
-
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi
Jamiyat | 14:13
-
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi
Jahon | 13:55
-
«Spaydermen» qo‘l: MuhammadUmarning ushalgan orzusi haqida
O‘zbekiston | 13:55
Mavzuga oid

13:44 / 02.07.2025
Zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

16:19 / 29.05.2025
Mebel va yog‘ochsozlik rivojiga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi

13:41 / 27.05.2025