Sergeli tumanida ayrim mahallalarning chegaralari o‘zgartiriladi, yangi mahalla tashkil etiladi

O‘zbekiston 15:55 / 11.01.2021 3306

Hujjat bilan Sergeli tumani hokimligining tuman hududidagi ayrim mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, yangi mahalla tashkil etish va unga nom berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 521ta deb yuritiladi.

Sergeli tumani hokimligi Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyasining takliflari va Toshkent shahar hokimligi Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha komissiyasining xulosasiga asosan, Sergeli tumanidagi “Daryobo‘yi”, “Jo‘nariq”, “Qipchoq”, “Sofdil”, “Yuqori Darxon” va “Bunyodobod” mahallalari hududiy chegaralari o‘zgarishi hisobiga bo‘linadi. “Bunyodobod” mahallasi bo‘linib, “Yangi Bunyodobod” mahallasi tashkil etiladi.

Sergeli tumanidagi hududi o‘zgarayotgan mahallalarning chegaralari va tavsifi

 “Daryobo‘yi” mahallasi

Manzili: Daryobo‘yi ko‘chasi 60A-uy

Aholi: 4418 nafar          

Oila: 1511 ta

Xonadon: 1128 ta

Nilufar 1-tor ko‘chasi va temiryo‘l kesishmasining chap tomoni bo‘ylab Chirchiq daryosigacha, Chirchiq daryosining chap tomoni bo‘ylab Yangihayot tumani chegarasigacha, Yangihayot tumani chegarasining chap tomoni bo‘ylab Xonobod mahallasi chegarasigacha. Xonobod mahallasi chegarasining chap tomoni bo‘ylab Xonobod ko‘chasigacha, Xonobod ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Quruvchilar mahallasi chegarasigacha. Quruvchilar mahallasi chegarasining chap tomoni bo‘ylab Nilufar 1-tor ko‘chasi va temiryo‘l kesishmasigacha bo‘lgan chegaralarda.

 “Jo‘nariq” mahallasi

Manzili: Choshtepa ko‘chasi 140-uy

Aholi: 3195 nafar

Oila: 810 ta

Xonadon: 506 ta

Yangihayot va Sergeli tumani chegarasidagi metro yo‘nalishining chap tomoni bo‘ylab Salar kanaligacha, Salar kanalining chap tomoni bo‘ylab Yangi Sergeli ko‘chasigacha, Yangi Sergeli ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab temiryo‘lgacha, temiryo‘lning chap tomoni bo‘ylab Yangihayot va Sergeli tumani chegarasidagi metro yo‘nalishigacha bo‘lgan chegaralarda.

 “Qipchoq” mahallasi

 Manzili: Sergeli 4-mavze

Aholi: 3655 nafar

Oila: 1365 ta

Xonadon: 1130 ta

Obihayot ko‘chasi va Saxovat mahallasi chegarasi kesishgan joyning o‘ng tomoni bo‘ylab Toshkent viloyati Zangiota tumanigacha, Toshkent viloyati Zangiota tumanining o‘ng tomoni bo‘ylab Qipchoq ko‘chasigacha, Qipchoq ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Saxovat mahallasi chegarasigacha. Saxovat mahallasi chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab Obihayot va Saxovat mahallasi kesishgan joygacha bo‘lgan chegaralarda.

 “Sofdil” mahallasi

 Manzili: Birlik ko‘chasi 70-uy

Aholi: 3847 nafar

Oila: 1480 ta

Xonadon: 1518 ta

Yangi Sergeli va Lutfikor ko‘chalari kesishgan joyning o‘ng tomoni bo‘ylab metro yo‘nalishigacha, metro yo‘nalishining o‘ng tomoni bo‘ylab Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Yangi Sergeli ko‘chasigacha, Yangi Sergeli ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Yangi Sergeli va Lutfikor ko‘chalari kesishgan joygacha bo‘lgan chegaralarda.

 “Yuqori Darxon” mahallasi

 Manzili: Navro‘z ko‘chasi

Aholi: 5885 nafar

Oila: 1324 ta

Xonadon: 924 ta

Yangi Sergeli va Toshkent halqa avtomobil yo‘li kesishgan joyning o‘ng tomoni bo‘ylab metro yo‘nalishigacha, metro yo‘nalishining o‘ng tomoni bo‘ylab Jo‘nariq mahallasi ma'muriy-hududiy chegarasigacha. Jo‘nariq mahallasi ma'muriy-hududiy chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab Yangi Sergeli ko‘chasigacha, Yangi Sergeli ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Yangi Sergeli va Toshkent halqa avtomobil yo‘li kesishgan joygacha bo‘lgan chegaralarda.

 “Bunyodobod” mahallasi

 Manzili: Sergeli 6A-mavze

Aholi: 5990 nafar

Oila: 1284 ta

Xonadon: 1284 ta

O‘zgarish va Habibiy mahallasi chegarasi kesishgan joyning o‘ng tomoni bo‘ylab Yuqori Darxon mahallasi chegarasigacha. Yuqori Darxon mahallasi chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab No‘g‘ayqo‘rg‘on mahallasi chegarasigacha. No‘g‘ayqo‘rg‘on mahallasi chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab Toshkent viloyati Zangiota tumani chegarasigacha. Toshkent viloyati Zangiota tumani chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatini qamrab olmagan holda O‘zgarish va Habibiy mahallasi chegarasi kesishgan joygacha bo‘lgan chegaralarda.

Sergeli tumanida yangi tashkil etilayotgan mahallaning chegaralari va tavsifi

 “Yangi Bunyodobod” mahallasi

 Manzili: Sergeli 6A-mavze

Aholi: 6030 nafar

Oila: 1290 ta

Xonadon: 1290 ta

O‘zgarish va Habibiy mahallasi chegarasi kesishgan joyning o‘ng tomoni bo‘ylab “Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatini qamrab olgan holda Toshkent viloyati Zangiota tumani chegarasigacha. Toshkent viloyati Zangiota tumani chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab Mehrigiyo mahallasi chegarasigacha. Mehrigiyo va Habibiy mahallasi chegarasining o‘ng tomoni bo‘ylab O‘zgarish va Habibiy mahallasi chegarasi kesishgan joygacha bo‘lgan chegaralarda.

Ko‘proq yangiliklar: