Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon Banki global iqtisodiyotdagi o‘sish va ehtimoliy xatarlar haqida ma'lumot berdi
Global iqtisodiyot 2021 yilda 4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon Bankining «Jahon iqtisodiyotining istiqbollari» hisobotida ma'lumot berilgan.

Foto: AP Photo, Lawrence Jackson
2020 yilda 4,3 foizga pasaygan global iqtisodiyot ayni paytda yana o‘sishni ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, pandemiya unga katta zarar yetkazdi: qurbonlar va bemorlar soni ko‘paymoqda, millionlab odamlar kambag‘allikka duchor bo‘lishmoqda. Iqtisodiy tiklanishni qo‘llab-quvvatlash uchun hukumatlar davlat qarzlariga unchalik bog‘liq bo‘lmagan investitsion faoliyat siklini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishi kerak, deyiladi Jahon banki e'lon qilgan hisobotda.
Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpassning aytishicha, ijrochi organlar hal qilishlari kerak bo‘lgan keng miqyosdagi masalalarga duch kelishmoqda – bu sog‘liqni saqlash sohasi, qarzlarni boshqarish, fiskal siyosat, Markaziy bank pul-kredit siyosati va tizimli islohotlar.
JB hisobotida mintaqalar bo‘yicha quyidagi prognoz bildirilgan:
Sharqiy Osiyo va Tinch okeani. Mintaqada o‘sish sur'atlari 2021 yilda 7,4 foizni tashkil etadi.
Yevropa va Markaziy Osiyo. Mintaqa iqtisodiyoti bu yil 3,3 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasi. Prognozlarga ko‘ra, 2021 yilda mintaqada iqtisodiy faollik 3,7 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika. Bu yerda iqtisodiy faollikning o‘sishi bu yil 2,1 foizni tashkil etadi.
Janubiy Osiyo. 2021 yilda mintaqada ishbilarmonlik faolligi 3,3 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Sahrodan janubda bo‘lgan Afrika. 2021 yilda mintaqadagi iqtisodiy faollik 2,7 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda.
Bank mutaxassislari pandemiya tugallanmagan vaziyatda salbiy o‘zgarishlar xavfi «ustun» ekanini ta'kidlagan. Pessimistik ssenariyga ko‘ra, kasallanish holatlari o‘sishda davom etsa va vaksina tatbiq etilishi kechiksa, 2021 yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur'ati 1,6 foizgacha cheklanishi mumkin. Shu bilan birga, optimistik ssenariyda pandemiyaning muvaffaqiyatli to‘xtatilishi va emlash jarayonining tezlashtirilishi oqibatida global iqtisodiy o‘sish qariyb 5 foizgacha ko‘tarilishi mumkin.
«Pandemiya shakllanayotgan bozor va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda qarz xavfini sezilarli darajada yomonlashtirdi; o‘sish istiqbollarining zaifligi qarz yukini yanada oshirishi va qarz oluvchilarning qarzni qaytarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin», – deya ogohlantirdi Jahon bankining teng o‘sish va moliya institutlari bo‘yicha vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi Ayxan Kose.
Shuningdek, hisobotda Jahon banki guruhining «COVID-19» bilan kurashdagi harakatlari bo‘yicha ma'lumot berilgan. Unga ko‘ra, 15 oy ichida – 2021 yil iyun oyi oxirigacha – Jahon banki guruhi kambag‘al va zaif aholi qatlamlarini himoya qilish, biznesni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy tiklanishni tezlashtirish uchun dunyoning 100dan ortiq davlatlariga 160 milliard dollargacha moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Bunga grantlar va imtiyozli kreditlar ko‘rinishidagi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining 50 milliard dollarlik yangi manbalari va rivojlanayotgan mamlakatlarda «COVID-19» vaksinalarini sotib olish va tarqatishni moliyalashtirish uchun ajratilgan 12 milliard dollar kiradi.
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025