Apple O‘zbekistonda rasmiy ofisini ochishi kutilmoqda

Fan-texnika 15:37 / 04.01.2021 8278

«Dunyodagi TOP-10’likka kiradigan Samsung kompaniyasining respublikamizda to‘rtta rasmiy ofisi ochildi. Yaqin kunlarda Apple kompaniyasining ham rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda.

Bu albatta aholimiz uchun yanada qulay dunyoga mashhur bo‘lgan kompaniyalarning xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi», degan vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Ma'lum qilinishicha, 2020 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi qariyb 10 baravarga oshgan. 2020 yil yanvardan 1 noyabrgacha O‘zbekiston 781,7 ming mobil telefon import qilgan.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so‘ng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi:

  • mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
  • IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
  • Nizomga muvofiq anketa taqdim etish.

Ma'lum qilinishicha, tizimni joriy etishning birinchi bosqichida, ya'ni 2019 yil 1 apreldan 1 noyabrga qadar 36,2 mln IMEI kodlar tizimda avtomatik tarzda bepul asosda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ikkinchi bosqichda (1 noyabrdan 1 dekabrgacha) esa 2,8 mln IMEI kodlar tizim operatoriga murojaat qilish orqali bepul asosda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2019 yil 1 dekabrdan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pullik asosda amalga oshirilib kelinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: