Samsung 2011 yildan buyon ilk marta 300 million donadan kam telefon sotdi

Fan-texnika 15:37 / 31.12.2020 5740

Samsung 2011 yildan buyon ilk marta 300 million donadan kamroq mobil telefon sotgan. Keyingi yilda esa Samsung mobil telefonlar ishlab chiqarish hajmini taxmin qilinganidan 14 foizga oshirmoqchi. Ekspertlarning fikricha, Samsung to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi Huawei duch kelayotgan iqtisodiy va siyosiy muammolarga qaramay, telefon ishlab chiqarishni keragidan oshirib, tavakkal qilmoqchi emas.

Ma'lum bo‘lishicha, Samsung 2021 yilda 307 million dona telefon ishlab chiqarmoqchi. Shundan 287 million donasi smartfonlar, qolgani esa oddiy telefonlar bo‘ladi. Samsung yangi yilda 5G modulli smartfonlar ishlab chiqarish hajmini oshirishni reja qilgan. Shuningdek, texnogigant o‘rtacha narxdagi telefonlar savdosini ham ko‘paytirish maqsadida.

Ma'lumot uchun, yil boshida Samsung'ning kapitalizatsiyasi korxona tarixidagi rekord darajaga yetgan edi (329 milliard dollar). Dunyo bo‘ylab 310 mingdan ortiq ishchisi bo‘lgan Samsung telefon, televizor, kompyuter, juda ko‘p turdagi xo‘jalik texnikalari va qurilish mashinalari ishlab chiqaradi. Kompaniya ko‘p yillardan buyon smartfonlar savdosida dunyo yetakchisi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: