Gigaset O‘zbekiston bozorida: Germaniyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 1 yillik kafolat bilan xarid qiling

Fan-texnika 12:30 / 27.12.2020 12821

Gigaset endi O‘zbekistonda: dunyodagi yirik DECT telefon ishlab chiqaruvchilardan biri o‘z mahsulotlarini savdoga chiqarishni boshladi.

Kompaniyaning faoliyat sohasi Gigaset brendi ostida yuqori sifatli mahsulotlar, shu jumladan, simli va simsiz DECT  telefonlari, VoIP qurilmalarini ishlab chiqarish va sotishni o‘z ichiga oladi.

Uning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Boxolt shahri (Germaniya)da joylashgan bo‘lib, kompaniya mahsulotlarning yuqori sifatiga va ekologik standartlarga rioya qilgan holda DECT telefonlari va VoIP qurilmalarini ishlab chiqaradi.

Gigaset qurilmalar dizayniga alohida e'tibor qaratadi va oddiylikni xush ko‘ruvchi foydalanuvchilar uchun premium, chiroyli hamda arzon qurilmalarni taqdim etadi.

Gigaset A120 radiotelefoni – asosiy funksiyalar to‘plami bilan jihozlangan ixcham telefon bo‘lib, unda ergonomik klaviatura va sarg‘ish yoritkichli 1,4 grafik displey o‘rnatilgani ushbu funksiyalardan foydalanishni osonlashtiradi. Qurilma “Yoq va ishla” uslubidagi telefonlar qatoriga oid bo‘lib, u tayanch stansiyada oldindan ro‘yxatdan o‘tgani uchun murakkab va ko‘p vaqt talab qiladigan sozlamalarni talab qilmaydi.

50 ta raqam sig‘adigan telefon kitobi, oxirgi terilgan va o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati, 4 tagacha telefonga ulanish imkoniyati, shuningdek, ECO Mode Plus rejimi yordamida tayanch stansiya va ro‘yxatdan o‘tgan telefonlarning signal kuchini 100 foiz kamaytirish imkoniyatlarini taqdim etuvchi Gigaset A120 telefonidan uyda va ofisda ham foydalanish qulay.

Gigaset A120 tejamkor quvvat manbaiga ega, u ECO-DEST texnologiyasidan foydalanadi va bu uning quvvat sarfini 60 foizgacha kamaytiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, telefon suhbat tartibida 18 soatgacha va kutish vaqtida 200 soatgacha quvvat olmasdan ishlaydi.

Gigaset A120 seriyasida, shuningdek, bitta to‘plamda ikkita trubka bo‘lgan model – Gigaset A120 DUO ham mavjud.

Yengillik – telefondan har kuni foydalanilganda e'tibor qaratiladigan eng muhim jihatdir. Gigaset A415 – qulaylik va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligi: katta qora va oq displeydagi navigatsiyaning qulayligiga o‘zingiz baho bering, telefon daftarida 100 tagacha nomlarni saqlang va ideal ovoz sifati bilan uzoq suhbatlardan zavqlaning.

Gigaset A415 qatorida avtojavob berish funksiyasiga ega (Gigaset A415A) va/yoki ikkita trubka bilan jihozlangan (Gigaset A415 DUO va Gigaset A415A DUO) modellari taqdim etilgan. Avtojavob bergich telefondan, bazadan, shuningdek, masofadan turib xabarlarni nazorat qilish imkoniyati bilan telefon suhbatlarini 25 daqiqagacha yozib olish imkonini beradi.

Gigaset CL660A avtojavob berish moslamasiga ega premium telefondagi 2,4 dyuymli rangli displeyda menyu bo‘ylab navigatsiya qulay joylashgan. “VIP qo‘ng‘iroq” sizga telefon kitobidagi raqamlarga musiqalarni biriktirish imkonini beradi. Hammasi bo‘lib telefon ma'lumotnomasida 400 tagacha raqamlar va ismlar saqlanishi mumkin. Shuningdek, Gigaset CL660A-da “Radioenaga” funksiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Bunda DECT  telefon trubkasi xonadagi tovushlarga ta'sirlanadi (o‘rnatilgan sezgirlikka qarab turli xil ovoz balandligida) va siz tanlagan raqamga qo‘ng‘iroqni uzatadi.

IP-telefoniya foydalanuvchilari uchun Gigaset belgilangan aloqa chiziqlari va VoIP uchun AS690 IP modelini taqdim etadi. Telefon sizga 3 tagacha parallel qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishga (2 VoIP + 1 belgilangan yo‘nalish), 6 tagacha VoIP hisob qaydnomasini ulashga, bitta bazada 6 tagacha telefonni ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon beradi.

Xizmat ko‘rsatuvchi aloqa operatoringizga, mamlakatingiz yoki mintaqangizga qarab Gigaset telefoni kiruvchi qo‘ng‘iroq raqamini ko‘rsatishi mumkin, bu esa qo‘ng‘iroqni qabul qilish yoki uni javobsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga imkon beradi. Gisaget telefonida o‘rnatilgan budilnik sizga muhim voqealar haqida eslatadi.

DeCT Gigaset butun dunyoda yuqori ishlab chiqarish standartlariga mosligi, texnologik nou-xaulari, ajoyib sifati bilan qadrlanadigan nemis mahsulotlarining texnik mahoratini va yuqori sifatining ramzi hisoblanadi.

Germaniyada ishlab chiqarilgan – ishonchli va tan olingan sifat ramzi.

Gigaset mahsulotlarini bir yillik kafolat bilan onlayn va O‘zbekistondagi do‘konlardan xarid qilish mumkin:

olcha.uz: (+998) 71−202−20−21;

elmakon.uz: (+998) 71−203−12−03;

interbrands.uz: (+998) 98−000−50−30;

andbo.uz: (+998) 97−155−06−88;

asaxiy.uz: (+998) 71−200−01−05;

tec.uz: (+998) 71−200−58−58;

woot.uz: (+998) 71−200−54−55;

kansler.uz: (+998) 78−148−44−44.

Mahsulotlarni xarid qilganda sotuvchilarga kafolat talonlarini to‘ldirishni eslatish zarur. 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: