Xitoyda soatiga 350 km tezlikda yura oladigan yuk poyezdi ishlab chiqarildi

Fan-texnika 15:07 / 24.12.2020 6732

Tanshan lokomotivsozlik zavodi soatiga 350 km tezlikda yura oladigan yuk poyezdi ishlab chiqardi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.

Kompaniyaning ta'kidlashicha, dunyoning hech bir mamlakatida bunday poyezd yo‘q.

Lokomotivning shakli xitoy osyotr balig‘i ko‘rinishida bo‘lib, bu uning aerodinamik xususiyatlarini yaxshilaydi, deb yozadi agentlik.

Poyezdni ishlab chiqishda UWB keng polosali aloqa texnologiyalari, ma'lumotlar uzatish mobil tarmog‘i va "Beydou" navigatsion tizimi qo‘llanilgan. 

 Poyezddan 600 kilometrdan 1500 kilometrgacha bo‘lgan masofalarga yuklarni tezlik bilan yetkazib berishda foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: