Yangi LG TONE Free FN6 va FN4 simsiz quloqchinlari tez orada O‘zbekistonda sotuvda!

Fan-texnika 15:00 / 23.12.2020 5648

LG TONE Free simsiz quloqchinlarining ikki simsiz yangi modellari – FN6 va FN4 tez kunlarda O‘zbekistonda sotuvga chiqariladi. Ushbu quloqchinlar ovoz sifatini so‘nggi urfdagi dizayn va zamonaviy texnologiya kabi muhim deb hisoblovchi, trendlarni kuzatib boradigan faol hayot tarziga ega insonlar uchun yaratilgan.  

Ko‘plab odamlar gigiyenaga va xavfsizlik masalasida xavotir olayotgan hozirgi vaziyatda ko‘pchilik uchun quloqchinlarning ultrabinafsha nurlari yordamida o‘z-o‘zini tozalash funksiyasi ma'qul keladi. FN6 modeli to‘plamida quvvatlash vaqtida 99 foiz bakteriyalarni yo‘q qilgan holda xavotirni kamaytiruvchi UVnano zaryadlash qutisi mavjud. Quti ichida ko‘zga ko‘rinmaydigan, faqatgina quti quloqchinlar bilan yopiq bo‘lgandagina ishga tushuvchi ultrabinafsha LED yoritkichlari yoqiladi. Funksiya faqat zaryadlash qutisi elektr quvvati kabeliga ulangandagina ishlaydi, bakteriyalar 10 daqiqa quvvatlash davomida yo‘q bo‘ladi. Qutini ochish vaqtida UVnano ishlashi to‘xtaganini ko‘rsatuvchi ko‘k indikator yonadi. UVnano nomi «ultrabinafsha» so‘zining ma'nosi va uning o‘lchov birligidan olingan.  

Britaniyaning Meridian kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan yangi qurilmalar musiqa tinglash davomida ham, qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan vaqtda ham premium sifatli original tiniq va keng ovozni chiqaradi. Quloqchinlar muloqotlar vaqtida ovoz tovushi tiniqligini ta'minlaydi va atrofdagi shovqinlarni kamaytiruvchi rejim bilan jihozlangan. Bundan tashqari, yangi quloqchinlar suv o‘tkazmaydigan IPX4 standartiga javob beradi va katta sig‘imli batareyaga ega.  

Meridian – Britaniyaning premium audio tizimlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, o‘zining betakror signallari, o‘ta tiniqligini saqlab qoladigan raqamli signallarni qayta ishlash texnologiyasi (Digital Signal Processing (DSP) hamda asl ma'lumotni deyarli yo‘qotmagan holda yuqori sifatli audiomaterial «ochuvchi» Meridian Lossless Packing (MLP) algoritmi bilan tanilgan. Natijada, quloqchinlar basga boy va tiniq yuqori chastotali, originalga yaqin bo‘lgan ovoz chiqaradi.   

Meridian’ning fazoviy qayta ishlash algoritmi (Headphone Spatial Processing) koinotdagi hajm, masshtab va joylashuvini real his etish bilan ovozni ta'minlaydi. Bu quloqchinlar ovozni xuddi qarshingizda kolonka turgandek  his etishning yangi imkoniyatidir.

Meridian kompaniyasining kuchli va ixcham ichki 6-mm li sozlovchi  drayveri (customized driver unit) vokal detallari, shuningdek, bas intensivligi va to‘yinganligini aniq yetkazadi.

Meridian’ning maxsus ekvalayzeri tufayli siz quloqchinlarda ovozni fazoviy qayta ishlash uchun «Sho‘ng‘ish» rejimi yoki boshqa o‘rnatilgan sozlamalarni tanlashingiz mumkin. Sozlamalarda quyidagi rejimlar mavjud: «Sho‘ng‘ish» – musiqaning barcha turlari uchun katta sig‘imli ovoz chiqarish; «Natural» – musiqaning barcha turlari uchun balanslashtirilgan ovoz chiqarish; «Basni kuchaytirish» – mashhur va elektron musiqa uchun ko‘proq mos keladi; «Trebel Boost» – vokalning tiniqligini ta'minlaydi va ko‘proq jaz hamda klassik turdagi musiqa uchun mos keladi.

LG TONE Free dizayni atrofdagi shovqinlar kelishi oldini oladi va quloqqa aniq moslashadi. Shuningdek, yaxshi joylashuv hattoki gavjum kafe, shovqinli ish joyi yoki odam to‘la avtobusda bo‘lsangiz ham tovush izolyatsiyasini ta'minlaydi.

Birgina tugma orqali quloqchinlarni qo‘shimcha xavfsizlikni ta'minlagan holda atrofingizni eshitishga yordam beradigan Ambient Sound rejimiga o‘tkazish mumkin. Ushbu rejim siz tez gapirishingiz, jamoat transportlarida e'lonlar eshitish yoki ko‘chani kesib o‘tish kerak bo‘lganda foydali. Bu musiqadan zavqlanishning yanada qulayroq va xavfsizroq usulidir.  

LG TONE Free qo‘ng‘iroqlar vaqtida ovozning maksimal aniqligi uchun yuqori samaradorlikdagi ikkita ichki mikrofon o‘rnatilgan. Shovqin va aks-sadolarni qaytaruvchi algoritm keraksiz shovqinlarni aniqlab, pasaytiradi, bu vaqtda mikrofon esa odam gavjum bo‘lgan joyda ham sizning ovoz tovushingizni kuchaytiradi.  

 LG TONE Free quloqchinlari toksik bo‘lmagan gipoallergen silikoni bilan qoplangan. Silikon qoplamadagi asosiy material ISO 10993 va USP Class VI talablariga javob beradi.

LG TONE Free quloqchinlarni sport mashg‘ulotlari yoki yomg‘ir ostidagi sayr vaqtida himoya qiladigan IPX4 namlik himoyasi qobig‘iga ega. Ular har qanday tomondan keluvchi suv tomchilariga chidamli.

LG TONE Free batareyasi sig‘imi kutish rejimida 6 soat musiqa tinglash va 12 soat ish (umumiy miqdorda bir marta zaryadlash bilan 18 soat) uchun yetadi. Shu tariqa, quloqchin batareyalari musiqani to‘xtovsiz tinglash bilan 6 soat va keysdan qo‘shimcha 12 soat ishlaydi. Bundan tashqari, FN seriyasining yangi modellari tez zaryadlash funksiyasiga ega – bor-yo‘g‘i besh daqiqa zaryadlash quloqchinlarni ishlash rejimida 1 soat ishlashiga imkon beradi. Simsiz zaryadlash qurilmalari to‘plam ichiga kirmaydi, ularni qo‘shimcha ravishda xarid qilish kerak.  

TONE Free smartfonlari uchun yangi ilova kengaytirilgan 8 karra chiziqli Meridian EQ ekvalayzer va belgilangan sozlamalarni taqdim etadi. Ilovadan foydalanishning oddiyligi yordamida siz ekvalayzerning to‘rtta o‘rnatilgan va ikkita moslashtiriladigan rejimini tanlashingiz mumkin.  Foydalanuvchi musiqa ovozini o‘zi istaganidek sozlashi uchun ma'lum bir chastotalarni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.

TONE Free shuningdek, «Mening quloqchinlarimni topish» degan funksiyaga ham ega. Siz «Mening quloqchinlarimni topish» bo‘linmasining tugmasini bosganingizda yo‘qolgan quloqchinlaringiz ovozli signal chiqaradi.  

Bundan tashqari, ilovada LG televizorlarini boshqarish uchun TV Control funksiyasi ham mavjud. LG TONE Free quloqchinlarini LG televizoriga Bluetooth orqali ulasangiz, ovoz balandligini sozlashingiz uchun quloqchinni ikki marotaba bosishingiz hamda kanalni o‘zgartirish uchun uch marta bosishingiz mumkin. Bluetooth-bog‘lanish bir vaqtning o‘zida faqatgina bitta qurilma bilan ishlashi mumkin.  

LG TONE Free quloqchinlari foydalanuvchining qulog‘iga tegishi bilan avtomatik ishga tushadi va darhol telefonga ulanadi, shuningdek, agar ular quloqdan olinsa avtomatik ravishda musiqani to‘xtatadi.

Quloqchinlarning zamonaviy, minimalist dizayni istalgan ko‘rinishdagi – kundalikdan tortib ishchi tashqi qiyofa uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘la oladi. Ergonomik shakl siz quloqchinlarni quloqda borligini deyarli sezmasligingiz uchun yaratilgan. LG TONE Free tinglayotgan narsasiga e'tibor berishni va shu bilan birga, zamonaviy ko‘rinishni istaydiganlar uchun ideal tarzda mos keladi. Ergonomik muvozanatli dizayn quloqchinlarni mahkam va xavfsiz ushlashga yordam berish uchun ularning og‘irligini bosh markaziga nisbatan taqsimlashga imkon beradi. Egiluvchan silikon qoplamalari quloq shakliga mos keladi, shu sababli quloqchinlar noqulaylik tug‘dirmagan holda musiqadan uzoqroq rohatlanishga yordam beradi.  

Zamonaviy va ixcham quti minimalistik dizaynga ega bo‘lib, o‘zining noyob shakli bilan ajralib turadi, kaftingizga sig‘adi va istalgan uslubga mos keladi. Quloqchinlar ikki asosiy rangda taqdim etilgan: so‘nggi urfdagi qora va zamonaviy oq.

LG TONE Free’ning FN6 va FN4 modellari o‘rtasidagi farq simsiz zaryadlash vositasi, bakteriyalarni yo‘q qiluvchi ultrabinafsha funksiyasi va yoritkichlar bor-yo‘qligiga bog‘liq.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: