Dunyo bo‘ylab yetakchi smartfon brendlaridan biri bo‘lgan OPPO O‘zbekistonda sotuvlar yo‘lga qo‘yilganini e'lon qiladi.
«OPPO global texnologik brendga aylanib bormoqda. Biz 40 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat olib boramiz va bor-yo‘g‘i 2020 yilning o‘zidayoq butun dunyo bo‘ylab shiddat bilan kengaymoqdamiz.
O‘zbekistonda savdoni yo‘lga qo‘yilishi butun dunyo bo‘ylab o‘z mahsulotimizni namoyish etish istagi va maqsadimiz jiddiyligini yana bir bor isbotlaydi.
O‘zbekiston – biz uchun muhim bozor. So‘nggi vaqtlarda mamlakatda smartfonlardan foydalanish ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sdi va davlat 2023 yilga qadar telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning salmoqli jarayonini boshlab yubordi, bu esa o‘z navbatida bizning imkoniyatlarimizni yanada kengaytirishga imkon beradi.
Ishonamizki, O‘zbekistondagi iste'molchilarga mahsulotlarimizdagi texnologik innovatsiya va dizaynerlik yechimlar uyg‘unligi ma'qul keladi» - deya izoh beradi OPPO kompaniyasining O‘zbekistondagi eksklyuziv distribyutori Yan Veysheng.
Jahon brendi
Kompaniya butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib boradi va dunyoning taniqli sport brendlari, jumladan «Barselona» futbol klubi, shuningdek, Uimbldon va Rolan Garros tennis turnirlari bilan hamkorlik qiladi. Eddi Redmeyn hamda Muhammad Saloh kabi jahonning mashhur shaxslari esa brendning elchilari hisoblanadi. OPPO Lamborghini kabi taniqli brendlar bilan hamkorlik qiladi.
«Bizning jamoa mahalliy bozor haqida yaxshi xabardor bo‘lib, foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni taqdim etishga diqqat-eʼtiborni qaratgan. Biz O‘zbekistonda o‘z brendimizni tez rivojlantirishni reja qilganmiz». – deya qayd etadi OPPO’ning O‘zbekistondagi vakili.
O‘zbekistonda o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlash uchun OPPO yangi smartfonlarni taqdim etuvchi bir nechta yirik savdo do‘konlari hamda ixtisoslashtirilgan riteylerlik tarmoqlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Siz OPPO mahsulotlarini Media Park, Elmakon, Radius, Idea va Arena markaz’da xarid qilishingiz mumkin.
Va albatta, OPPO mahsulotlarini Malika va Abu Saxiy savdo shoxobchalarida ham topish mumkin.
OPPO 128 GBli yangi OPPO A53 smartfonini taqdim etadi
OPPO A53 o‘zida ultra tezkor ekranli (90 Gs chastota yangilanishi) va 128 GB xotiraga ega kuchli protsessorni mujassam etgan bo‘lib, bu o‘z navbatida tezkor muloqot, ko‘ngilochar ilovalar va ijodkorlikning mukammal birlashuvini ta'minlaydi.
Avvallari siz 90 Gs chastota yangilanishli ekranni faqatgina flagman modellarda uchratishingiz mumkin edi.
OPPO A53 128 GB xotiraga ega bo‘lib, birgina qurilmaning o‘zida minglab suratlar, videolar, filmlar, musiqa yoki podkastlar saqlashga yordam beradi.
OPPO A53 nafis va zamonaviy dizayni egiluvchi korpus tufayli albatta, e'tiborni tortadi va ajoyib ko‘rinishni ta'minlagan holda qo‘lga moslasha oladi.
Mukammallashtirilgan AI dasturiy ta'minoti bilan uyg‘unlikdagi orqa panelning uch kamerasi suratlarning professional sifatini ta'minlaydi. Portret rejimi, panorama funksiyasi va taymlaps bilan foydalanuvchilar hamisha har bir lahzani ajoyib holatda muhrlashlari mumkin. Shuningdek, yuqori imkoniyatli selfi-kamera ham mavjud.
Tezkor quvvatlash texnologiyasi va 5000 mA·s sig‘imli juda katta akkumulyator ham bor.
OPPO 2021 yilning birinchi choragidan boshlab O‘zbekistonda yana bir qator smartfonlarni taqdim etadi.
Innovatsiyaga intilish
OPPO – smartfonlar texnologiyasi, jumladan, kamera innovatsiyasi va akkumulyatorni tezkor quvvatlash texnologiyasi sohasida o‘n minglab global patentlarga ega bo‘lgan dunyodagi eng innovatsion kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya smartfonlarga bir necha soniyalar ichida filmlarni yuklashga imkon beruvchi yangi 5G global texnologik standartini yaratishda birinchilardan bo‘lgan. O‘tgan oyda OPPO foydalanuvchilarga qurilmaning kengligini qisqa soniyadayoq tanlash va o‘zgartirish imkonini beruvchi o‘zining birinchi ekrani kengaytiriladigan smartfonini namoyish etdi.
Dunyo bo‘ylab smartfon ishlab chiqaruvchilar soni o‘sib borayotganiga qaramay, OPPO o‘zini O‘zbekistonda muvaffaqiyat qozonish uchun to‘g‘ri kombinatsiyaga ega, deb hisoblaydi.
«Bizni bozorga bo‘lgan yondoshuvimiz oddiy: biz innovatsiyalarga bo‘lgan kuchli intilishni inson ehtiyojlarini chuqur anglash bilan birlashtiramiz», — deya izohlaydi Yan Veysheng. «Biz texnologiyalarni insonlarga yanada ko‘proq ijodkor bo‘lishlariga, osonroq muloqot qilishlariga va o‘z maqsadlarini amalga oshirishlariga imkon berishi lozim, deb hisoblaymiz».
Vebsayt: oppo.com/uz
Instargram: instagram.com/oppo_uzbekistan
Facebook: facebook.com/OPPOUzbekistan
Reklama huquqi asosida