Turkiya kompaniyasi uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot ishlab chiqdi

Fan-texnika 16:11 / 21.12.2020 5764

Turkiyaning Titra Technology texnologik kompaniyasi oddiy vertolyotni uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotga aylantirdi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.

"Biz 2021 yil oxirigacha ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz", – dedi kompaniya rahbari Salmon Do‘nmaz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot 4500 metrdan yuqori balandlikda parvoz qilib, 160 kilogrammgacha yukni 800-850 kilometr masofaga yetkazishi mumkin.

 Xabar qilinishicha, loyiha Belarus muhandislik firmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Do‘nmasning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotdan favqulodda vaziyatlarda hamda logistika maqsadlarida  foydalanish mumkin. U shuningdek, harbiy amaliyotlar olib borilayotgan hududlarga o‘q-dorilar yetkazib berishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: