Ideal uy kinoteatrini qanday yaratish mumkin?

Fan-texnika 17:30 / 18.12.2020 12066

Yaqin-yaqingacha katta kinoteatrga borish – do‘stlar bilan turli filmlar tomosha qilishning eng yaxshi usuli hisoblanardi. Odatlar vaqt o‘tgani sayin o‘zgarib bormoqda. Ko‘pchilik o‘z uyidagi mehmonlar kutish xonasini qanday qilib kinoteatrga aylantirish haqida o‘ylay boshladi. LG Electronics (LG) bilan uyda qolgan holda kino olamini kashf etish mumkin. LG OLED TV uy kinoteatri funksiyasini a'lo darajada uddalaydi. Uning o‘ta sifatli ekrani istalgan kinodan ajoyib taassurot olish imkoniyatini yaratadi.

LED-televizorlar ekranlaridagi an'anaviy yorug‘lik texnologiyasi tasvir detallarini to‘liq yetkaza olmaydi. Keng 88 dyuymli LG OLED TV esa inqilobiy texnologiyaga ega. Ekrandagi 100 millionta o‘zini-o‘zi yorituvchi piksellar ana shu muammoni hal etadi. O‘zini yorituvchi piksel texnologiyasi a'lo darajadagi kontrast va mukammal qora ranglarni 8K formatida taqdim etadi. Bu esa uy kinoteatrlari uchun ajoyib yechim. U sevimli film va teleseriallarni tomosha qilish jarayonida betakror musaffolik va yangilik hissini uyg‘otadi.

Uy kinoteatri uchun ko‘rish burchagi va ekran o‘lchamlari muhim ahamiyatga ega. LG OLED TV xonaning qaysi qismida joylashmasin, har qanday kontentni o‘ta real yetkaza olishi sababli e'tiborni o‘ziga jalb etadi. Buning bari 8K (7680 x 4320) formatdagi kengaytma sababli. Yaltirash va ranglarni yetkazib berish ideal darajada muvozanatlashgan va ko‘z uchun qulay. Do‘stlarning keng jamoasi va yaqinlar bu kabi katta ekran oldida bemalol joylasha oladi. Bu esa uy kinoteatri uchun zarur bo‘lgan jihat. Kino olamiga to‘liq sho‘ng‘ish uchun siz rejissyorlik rejimini tanlashingiz mumkin. U tasvirni yumshatuvchi va keskinlashtiruvchi effektlarni o‘chirib, filmga rejissyor tomonidan o‘ylangan tomonlar betakrorligi, rangi va kadrning yangilanish tezligini qaytaradi. Bu funksiyani televizor menyusi yoki LG OLED TV televizorining barcha imkoniyatlarini qo‘llay oladigan Magic Remote ixcham dizayniga ega pultga ovozli buyruq berish orqali osongina ishga tushirish mumkin.

LG OLED TV`ning har bir televizori Dolby Vision IQ intellektual texnologiyasi bilan jihozlangan. U tashqi omil (xonadagi yorug‘lik)ga qaramay, tasvir bir xilligi va yorqinligini avtomatik ravishda ta'minlaydi. Tomosha qilish vaqtida xalaqit beruvchi boshqa tashqi omillar bilan kurashishdan tashqari, Dolby Vision maxsus Dolby Atmos texnologiyasi bilan birgalikda ortiqcha shovqinni pasaytiradi. Kinoning o‘ziga jalb etuvchi olamiga yanada yaxshiroq sho‘ng‘ish uchun kuchli saundbar va LG kompaniyasining XBOOM Go ixcham Bluetooth karnaylarini yoqish imkoniyati mavjud.

Uy kinoteatri uchun televizor tanlaganda televizion format sifati har doim ham bir xil bo‘lmasligini yodda saqlash lozim. Natijada esa ekrandagi tasvir sifatiga putur yetadi. Mana shu muammoni hal qilish uchun LG OLED TV televizorlari α9 III avlodi intellektual jarayonlari bilan jihozlangan. Chuqur o‘rganish algoritmi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri rejimda televizon format va boshqa sifatsiz kontentni yuqori detallashtirish va boy ovozga ega kinematografiya formatiga aylantirish imkoniyatiga ega. O‘z-o‘zidan, mehmonxonangizni uy kinoteatriga aylantirish uchun qo‘shimcha qurilma xarid qilishga zarurat qolmydi. LG OLED TV televizorlari buning uchun barcha zarur va kerakli funksiya hamda imkoniyatlarga ega.

LG OLED TV televizorining yana bir muhim o‘ziga xos jihati – LG kompaniyasining aqlli uy ThinQ AI tizimiga ulanish imkoniyatidir. Mana shu texnologiya sababli televizoringiz aqlli uyning barcha tizimlari - qurilma va maishiy texnikani boshqarish markaziga aylana oladi. Bundan tashqari, ThinQ AI sizga kerakli filmni izlashda yordam beradi, shuningdek, yaxshi musiqani tavsiya etadi. Bu innovatsion, qulay va oson!

Umuman olganda, LG OLED TV televizori – oilaviy dam olish va do‘stlar bilan vaqtni maroqli o‘tkazish uchun universal multimediya tizimdir. Sevimli film va teleseriallarni birgalikda tomosha qilish orqali uyingizda qolgan holda kinoning boy olamini kashf etishingiz mumkin.

LG OLED TV – shaxsiy uy kinoteatrini yaratish uchun a'lo yechim.

Ushbu OLED televizor modellarini MediaPark do‘konlar tarmog‘ida xarid qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: