«Toshkent siti» bog‘iga kirish pulli bo‘ldi
Yangi yil munosabati bilan, Tashkent City Park'ka kirish 17 dekabrdan boshlab pulli deb belgilandi.

Foto: KUN.UZ
Majmua ma'muriyati axborotiga ko‘ra, bayram kunlari bog‘ga faqat 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar bepul kirishi mumkin.
5–12 yoshli bolalar va pensionerlar uchun 5 ming so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun 10 ming so‘m, avtomobil bilan kirish uchun esa 20 ming so‘m narx belgilangan.
Kun.uz narxlar qaysi asosga ko‘ra belgilanganini so‘rash maqsadida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati bilan bog‘landi.
Mas'ul xodim bu masalada izoh berish hokimlik vakolatiga kirmasligini aytib, holat bo‘yicha Tashkent City davlat unitar korxonasi direksiyasidan ma'lumot olishni tavsiya qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab foydalanuvchilar poytaxt markazidagi bog‘ga kirish pulli bo‘lganidan norozi ekanini bildirmoqda.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025