«Tegishli takliflar tayyorlangan» – YHXBB faralar masalasida izoh berdi
2021 yildan boshlab, sutkaning har qanday vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar jarimaga tortilishi ma'lum qilingandi.

IIV YHXBB xabariga ko‘ra, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 138-bandida “Kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi belgilangan.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi "Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatilgan.
Ushbu masala yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining o‘z fikr mulohazalari mavjud bo‘lib, tegishli takliflar tayyorlangan va ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar belgilanmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

10:04 / 08.03.2025
Utilizatsiya yig‘imining oshirilishi. Bu O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yomonlashtiradi

14:17 / 27.02.2025
Xitoylik erkak bolalar o‘yinidan Maserati avtomobilini yutib oldi

13:50 / 26.02.2025
O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilayotgani aytildi

08:52 / 13.02.2025