"Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlaridan 113 nafar g‘olib aniqlanadi.
Mobiuz mobil operatori abonentlari nafaqat mobil aloqaning barcha afzalliklaridan foydalanishlari, balki bir vaqtning o‘zida katta sovrinlarni yutib olishlari mumkin. Kompaniya tomonidan har yili o‘tkaziladigan aksiyalar sovrinlari soni va hajmi oshib bormoqda.
Operatorning navbatdagi aksiyasi kompaniyaning mobil aloqa bozordagi faoliyatiga 6 yil to‘lganligi munosabati bilan hamda Yangi yil arafasida boshlandi. "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasi ishtirokchilari 2020 yilning 10 dekabridan 2021 yilning 10 fevraligacha imkoniyatlar to‘plab, 350 million so‘mgacha bo‘lgan pul yutuqlarini yutib olishlari mumkin.
Mobiuz bunday o‘yinlarni o‘tkazish tajribasiga tayangan holda mazkur aksiya shartlarini iloji boricha soddalashtirdi. Unda ishtirok etish uchun kompaniyaning abonenti bo‘lish (jismoniy shaxslar uchun har qanday tarif rejalaridan foydalanish) hamda 35 ming so‘mlik 5555 MB (*102*5555#) maxsus Internet-to‘plamini faollashtirish kifoya.
Har bir faollashtirilgan to‘plam bitta imkoniyatga teng. Abonentlar cheksiz to‘plamlarni faollashtirishlari va shu bilan yutish imkoniyatlarini oshirishlari mumkin. To‘plangan imkoniyatlarni *161# USSD-buyrug‘i yordamida kuzatib borish mumkin. Abonent tomonidan to‘plangan har bir imkoniyatga 10 fevraldan keyin noyob ID-kod beriladi va aksiya ishtirokchisi bu haqida SMS-xabar shaklida ma'lumot oladi.
Umumiy hisobda 113 ta abonent "Mobiuz bilan baxtli millionlar" aksiyasining g‘olibiga aylanadi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatning har birida 8 tadan pul sovrini (1 million so‘mdan 50 million so‘mgacha) o‘ynaladi. 350 million so‘mga teng bosh sovrin esa aksiyaning barcha ishtirokchilari ichidan bitta g‘olibga nasib qiladi.
"Mobiuz bilan baxtli millionlar", – bu mobil aloqa operatorining yana bir yirik loyihasidir. Ushbu aksiya tufayli abonentlar katta pul sovrinlarini yutib olishlari va orzu-niyatlarini amalga oshirishlari mumkin. G‘oliblarni aniqlash marosimi bo‘lib o‘tadigan sana va joyi to‘g‘risida operator keyinroq ma'lumot beradi”, - dedi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.
Mobiuz bilan baxtli millionlar aksiyasi haqida ko‘proq ma'lumotni havola mobi.uz/uz/discouns/discouns/21949 orqali olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida