AQSh kompaniyasi soatiga 500 kilometr tezlikka erisha oladigan giperkarni taqdim etdi

Fan-texnika 23:26 / 16.12.2020 7054

Kompaniyada ta'kidlanishicha, avtomobil tezligi 500 km/soatgacha chiqishi mumkin. Biroq avtomobil bunday yuqori tezlikka maxsus F5 rejimida erisha oladi. Pastroq tezliklar uchun yana 4ta rejim ko‘zda tutilgan: Sport, Track, Drag va Wet.

Orqa privodli, og‘irligi 1360 kg keluvchi yangi giperkar 6,6 litrli, 8 silindrli benzin dvigateli bilan jihozlangan. Avtomobilning quvvati 1817 ot kuchini tashkil qiladi. Avtomobilda 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. 

Hennessey hammasi bo‘lib Venom F5’dan 24 dona ishlab chiqaradi. Mashinalarning narxi 2,1 mlndan boshlanadi. 12ta mashina amerikalik xaridorlar uchun zaxiralab qo‘yilgan, qolgan 12ta mashinani boshqa istovchilar sotib olishi mumkin. Giperkarlar 2021 yildan xaridorlarga yetkazib berila boshlanadi.

Hennessey Venom F5 o‘z vaqtida sayyoradagi eng kuchli avtomobil deb tan olingan va 1244 ot kuchiga ega Hennessey Venom GT’ning izdoshi hisoblanadi.

Mashinaning 2 o‘rindiqli saloni karbon va charm bilan qoplangan. Giperkarning jihozlanishi o‘z ichiga 9 dyuymli Alpine multimedia tizimini, karbon rulni va 7 dyuymli asboblar panelini olgan.

Ko‘proq yangiliklar: