Adidas Reebok’ni sotishni ko‘zlayapti

Fan-texnika 11:47 / 16.12.2020 3367

Adidas’ning ma'lum qilishicha, Reebok’ni sotish 2021 yilning 10 martida kuchga kiradigan 5 yillik strategik rejadagi variantlardan biri. AQSh brendi sotilmaslik ehtimoli ham bor.

Nike’dan keyin jahonning eng yirik sport tovarlari ishlab chiqaruvchisi Adidas 3,6 milliard dollar evaziga Reebok’ni sotib olgandi. Xaridning asosiy maqsadi AQSh bozoridagi ta'sirni kengaytirish va eng katta raqobatchisiga o‘z uyida raqib yaratish edi. O‘sha paytlar Reebok Milliy basketbol assotsiatsiyasining homiysi edi. Tahlilchilarning fikricha, nemislarning rejasi ish bermadi.

Adidas Reebok’ning ahvolini yaxshilashga erishdi, lekin savdo hajmi bo‘yicha Reebok hatto Adidas’ning o‘zidan ham ortda qoldi. 2016 yilda Adidas bosh menejyeri Kasper Rorshted Reebok boshqaruvini qo‘lga olib, mutlaqo yangi reja ishlab chiqqandi. Rejaga ko‘ra, AQShdagi o‘nlab do‘konlar yopilib, xarajatlar qisqartirildi va shu'baning boshqaruvini Adidas mustaqil yuritishga harakat qilib ko‘rdi.

Rorshted maqsad kompaniyani sotish emas, qaytadan oyoqqa turg‘izish ekanini aytib, Adidas aksionerlarining Reebok’dan voz kechish haqidagi chaqiriqlarini bir necha bor rad etib keldi.

Bosh menejyerning rejalari ish berib, 2018 yilda Reebok kutilganidan ikki yil avval foydaga kirdi. Bu haqda kompaniya o‘zining biznes strategiyasida bayon qildi.

2019 yilda AQSh bozorida Reebok’ning savdo hajmi 3,6 foizga oshib, 1,75 milliard dollarga yetdi. Adidas’ning savdosi esa, 8,3 foizga ko‘payib, 21,51 milliardni tashkil qildi.

«Foydaga kirish yaxshi qadam, lekin yuqori darajaga chiqish bu boshqa ish. Kompaniya e'tiborini asosiy brendga qaratmoqchi», deydi RBC Capital Markets’ning tahlilchisi Piral Dadhaniya.

Reebok 1,9-3,6 milliard oralig‘ida baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: