AQShda quyosh batareyasida yuradigan elektromobillar bir kun ichida sotilib ketdi

Fan-texnika 16:47 / 15.12.2020 13887

AQShdagi Aptera Motors kompaniyasi quyosh batareyasida yuradigan 330ta elektromobilini bir kun ichida sotib bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.

Quyosh batareyalari avtomobil kuzovining ustki qismida joylashgan va 62 kilometr masofani bosib o‘tish uchun qo‘shimcha quvvat bera oladi.

Uning g‘ayrioddiy tomchisimon ko‘rinishi maksimal darajadagi aerodinamik samaradorlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Buning natijasida elektromobil harakatlanish vaqtida kamroq quvvat sarflaydi. Elektromobilning narxi 26 ming dollarga teng.

 Avvalroq Kaliforniyadagi Monarch Tractor kompaniyasi Smart texnologiyasi asosidagi dunyodagi birinchi elektr traktorni namoyish etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: